2024-yil 18-sentyabr kuni Navoiy viloyatida tabiiy fanlar yo‘nalishida «Kasbiy rivojlantirish kuni» va «Kasbiy rivojlantirish soati» tadbirlarining birinchi bosqich treninglariga start berildi.
Bunda, Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida tabiiy fanlarning 4 nafar master-trenerlari va 60 nafar mentor o‘qituvchilari uchun Xalqaro ta’lim tashkiloti mutaxassislari tomonidan seminar-trening jarayonlari boshlandi.