DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Ta’limdagi ustuvor vazifalar

Joriy yilning 12-sentyabr kuni Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari D. Xakimova va G.Niyozova Navoiy shahar 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga «Metodik tur» doirasida tashrif buyurishdi.

Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad:

– XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirgan holda o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga tayyorlab borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish;
– dars tahlillarida bo‘lib, yangi pedagogik texnologiyalarning dars sifatini oshirishdagi o‘rnini kuzatish;
-metodbirlashmalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Shuningdek, tashrif davomida o‘quvchilarning qizizqishlari doirasida tashkil etilgan festivalda ham ishtirok etishdi.