Navoiy viloyati Uchquduq tumani 7-sonli tayanch maktabida Xalqaro taʼlim tashkiloti dasturi asosida oʻtkazilayotgan treninglar o’z nihoyasiga yetdi. Seminar-treninglar yakunida tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo’limi rahbari Sh. Sattorov va Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi metodisti U. Rahmonovlar ishtirokchilarga taʼlim sifatini yaxshilashdagi faoliyatlarida omadlar tiladi. Ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.