Navoiy viloyati Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarining tayanch maktablarida Xalqaro taʼlim tashkiloti dasturi asosida 3-bosqich treninglari davom etmoqda.
Bugungi seminar-treninglarga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi vakili I.Xurramov va Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masul xodimi R. Safarov tashrif buyurib, trening qatnashchilariga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishib ishtirokchilarga taʼlimi sifatini yaxshilashdagi faoliyatlarida omadlar tiladi.