Navoiy viloyati Shirin madaniyat markazida «III USTOZLAR MILLIY FORUMI» ko’tarinki ruhda tashkil etildi. Forumda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov ishtirok etib, tadbirda jam bo‘lgan 450 nafarga yaqin o‘qituvchilar orqali viloyatimizdagi barcha pedagoglarni mustaqilligimizning 33 yilligi bayrami shuningdek “Bilimlar kuni” munosabati bilan qutladi.
– Forumda faxriy o‘qituvchilarning mehnatlari e’tirof etilib, ularga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining Tashakkurnomasi va sovg‘alari topshirildi.
– Unda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi professor-oʻqituvchilari ham faol ishtirok etishdi.