DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

«Muvaffaqiyatli islohotlar  –  yuqori natijalar» seminar-trening

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Maktabgacha  va  maktab  ta’limi  vazirining 2024-yil  29-maydagi  177-son  buyrug‘iga  asosan  Singapurning  “Marshall Cavendish  Education”  tashkiloti  bilan  hamkorlikda  maktab  boshqaruv  tizimini yaxshilash, matematika va tabiiy fanlar (Science) bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasalariga  keng  tatbiq  etish  maqsadida Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida «Muvaffaqiyatli islohotlar  –  yuqori natijalar» seminar-treninglari  ayni paytda Navoiy viloyati barcha tumanlaridagi tayanch maktablarida o‘z ishini boshladi.