DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

“Boshlang‘ich sinflarda formativ baholashni tashkil etish” mavzusida trening

USAIDning “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi doirasida 2024-yilning 12-15-avgust kunlari Toshkent shahrida “Boshlang‘ich sinflarda formativ baholashni tashkil etish” mavzusidagi trening boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu 4-kunlik intensiv trening O‘zbekistondagi o‘qituvchilarga baholash bo‘yicha zarur ko‘nikma va bilimlarni berish orqali ularning salohiyatini oshirishga qaratilgan. Samarali o‘qitish va uning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan formativ baholash o‘qituvchilarga real vaqt rejimida turli xil ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan o‘quvchilarning rivojlanishini kuzatish va qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi, natijada yanada inklyuziv ta’lim muhitini rivojlantiradi.

Treningda 50 ga yaqin o‘qituvchi va ta’lim sohasi mutaxassislari ishtirok etmoqda. Ular orasida Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi dotsenti Djurayeva Perdegul hamda Boshlangʻich taʼlim metodisti Roʻziyeva Laylo faol ishtirok etmoqda.