O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 29-maydagi 177-son buyrug‘iga asosan Singapurning “Marshall Cavendish Education” tashkiloti bilan hamkorlikda maktab boshqaruv tizimini yaxshilash, matematika va tabiiy fanlar (Science) bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq etish maqsadida Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi pedagog xodimlari ishtirokida «Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar» seminar-treninglari ayni paytda o‘z ishini boshladi.