Navoiy viloyati pedagogika markazi Metodik xizmat koʻrsatish bo‘limi Tarbiya fani metodisti Turayeva Xusnora tomonidan joriy yilning 26-iyun sanasida boshlang‘ich ta’lim I guruh, boshlang‘ich ta’lim II guruh kurslarida tinglovchilar uchun metodist soati tashkil etildi.
Metodist soati davomida tinglovchilarga;
– Normativ huquqiy hujjatlar,
– Oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirishga oid mavzularda mahorat darslari tashkil etildi. Shuningdek, mahorat darslari davomida pedagoglarga o‘quv jarayonini qiziqarli tashkil etish bo‘yicha bir qator metodlar, enerjayzerlardan “Qarsak mo‘jizasi”, “Qarsak dinamikasi” o‘rgatildi. Mashg‘ulot davomida “Soat millari”, “Bog‘la” metodlari amaliy tushuntirildi, “To‘rt tomon”, “Biz bir jamoamiz”, “O‘quvchi ruhiyati” kabi yangi metodlar orqali o‘quvchida muvaffaqiyat motivlarini uyg‘otish mumkinligi tushuntirildi.