Darslarning samarali bo’lishida nazariy bilimlarning amaliyot bilan uyg’un holda berilishi juda muhim sanaladi. Ayniqsa kimyo darslarida amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya ishlarining mavzularga mos ravishda bajarilib borilishi o’quvchilarning fan yuzasidan chuqur bilimga ega bo’lishlariga yordam beradi.
Navoiy viloyati PYMO’MM «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi dotsenti X.N.Xasanova va Kimyo guruhi tinglovchilari bilan hamkorlikda Navoiy shahridagi 17-Umumtaʼlim maktabida «Kimyo fanini o’qitishda amaliy mashg’ulotlarni tashkil qilish» mavzusida mahorat darsi tashkil qilindi.
Darsda 7-11-sinflar uchun mo’ljallangan ba’zi qiziqarli tajribalar bajarildi.