DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Davra suhbati

Navoiy viloyati pedagogika markazi direktori, professor F.Roʻziqulov tomonidan Umumiy oʻrta taʼlim maktabi o`quv ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari kursi tinglovchilari bilan “Yangi O’zbekiston: Yangicha ta’lim tizimi va yangicha yondashuvlar” tamoyili asosida ta’limning yangi modelini shakllantirish yoʻlida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida fikr almashish maqsadida davra suhbati oʻtkazildi.

Suhbat davomida Umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, Amalga oshirilayotgan islohotlarning, avvalo, maktabgacha va maktab ta’limi sohasidan boshlanishi globallashuv jarayonida yosh avlod tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan umumtaʼlim tizimining jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida fikr almashildi.