Navoiy viloyati pedagogika markazi Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi dotsenti Sh.Hasanova tomonidan Biologiya fani kursi ishtirokchilari uchun «Biologiya fanidan laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Dars davomida STEAM ta’lim texnologiyasi ,oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirishga oid mavzular tahlil etildi. Shuningdek, mahorat darsi davomida pedagoglarga o’quv jarayonini qiziqarli tashkil etish bo’yicha bir qator metodlar, enerjayzerlar o’rgatildi.