DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Metodik tur

21-22-may kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida «Metodik tur» respublika seminarida Navoiy viloyati pedagogika markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi rahbari v.b D.Xakimova faol ishtirok etdi.

“Metodik-tur” respublika seminarida MMTV ning birinchi o‘rinbosari U.Sharifxodjayev, Respublika ta’lim markazi direktori Sh.Xudoyqulov,Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalarining Oʻquvchilarda zamonaviy koʻnikmalarni shakllantirishni muvofiqlashtirish shoʻbalari bosh metodistlari hamda Pedagogika markazlarining Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi boshliqlari ishtirok etishdi.

Seminar ishtirokchilari Amudaryo tumanidagi 76-, Nukus shahridagi 8-, Qo‘ng‘irot tumanidagi 31-sonli maktabi hamda “Kinder lite” maktabgacha ta’lim muassasasiga, Mo‘ynaq tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabi 11-sonli maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurishdi. Mo‘ynaq tumanidagi “Kemalar qabristoni”, “Orol dengizi muzeyi”dagi sayohat ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.