DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Ta’limdagi islohotlar amalda

Navoiy viloyat pedagogika markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi Musiqa fani metodisti Turayeva Dilso’z  tomonidan malaka oshirish kursi Musiqa fani tinglovchilari uchun metodist soati tashkil etildi.
Metodist soati davomida tinglovchilarga:
– Normativ-huquqiy hujjatlar;
– O’quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish;
– 4K ta’lim modeli;
– Yangi avlod darsliklarining afzalliklari;
– Fanlararo integratsiya;
– Darslarni samarali tashkil etishda turli xil yangi metodlar, enerjayzerlardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar berildi.
«Muharrir», «Doiradan tashqarida», «Bilimdon rassom», «Musiqa do’koni», «Ta’lim krediti», «Sehrli qarsak » kabi metodlardan foydalanildi. Tinglovchilar tomonidan qo’shiqlar ijro etildi.Har bir o’rgatilgan yangi metodlar tinglovchilarda yaxshi taassurot qoldirdi