DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Ochiq dars

Bugun Navoiy viloyati pedagogika markazi Maktabgacha boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi D. Djurayeva tomonidan Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilari kursi ishtirokchilari uchun «Ilk qadam davlat oʻquv dasturi asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida rivojlanish markazlarining integratsiyasi va oʻyinlardan foydalanish» mavzusida ochiq dars mashgʻulotlari tashkil etildi.

Ochiq dars mashgʻulotida bolalarni 5 ta markazda ishlay olish qobiliyatlarini shakllantirish, jarayonda enerjayzer oʻyinlardan foydalanish, bolalar bilan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish, ularning tabiatga boʻlgan bilimlarini shakllantirishga qaratilgan turli amaliy mashgʻulotlardan foydalanildi.