DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Metodist soati

Navoiy viloyati pedagogika markazi Metodik xizmat koʻrsatish bo’limi Tasviriy san’at va chizmachilik fani metodisti Ilyasova Umida tomonidan malaka oshirish kursi  tinglovchilari uchun metodist soati  tashkil etildi.

Dars davomida STEAM ta’lim texnologiyasi ,oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini (kreativ fikrlash, jamoada ishlash, tanqidiy fikrlash, muammoni yechish va qaror qabul qilish, tadqiqotchilik koʻnikmalari, kommunikativ koʻnikmalari) rivojlantirishga oid mavzularda mahorat darslari tashkil etildi.

Shuningdek, mahorat darslari davomida pedagoglarga o’quv jarayonini qiziqarli tashkil etish bo’yicha bir qator metodlar, enerjayzerlar o’rgatildi.
– «Maktub»,
– «Bofta»,
– «Xor»,
– «TS da karra»,
– «Biz bir jamoamiz» kabi yangi metodlar tinglovchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.