Navoiy viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining tabiiy fanlar va amaliy fanlar metodistlar guruhi Xatirchi tumaning chekka hududida joylashgan ta’lim sifati past boʻlgan (qizil toifadagi) 62-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lishdi.
-Tashrif davomida avval har bir metodist tomonidan 2 soatdan jami 14 soat darslar tahlil qilindi .
-Metodbirlashmalar faoliyati muvofiqlashtirildi.
-O’qituvchilar uchun seminar -trening tashkil etildi.Seminar davomida fan o’qituvchilarga:
-Oʻzbekiston Respublikasi MMTV ning 8 – sonli va 32- sonli buyrugʻlari bilan tanishtirildi;
-O’quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish;
-Darslarni samarali tashkil etishda»Integratsiyalashgan darslarni tashkil etish,»Soat millari»,»Ta’lim krediti»,»Sehrli qarsak» metodlaridan foydalanish;
-PISA xalqaro baholash dasturining mazmun-mohiyati, uning talablari va topshiriqlari bilan tanishtirildi.