Navoiy viloyati pedagogika markazi Metodik xizmat koʻrsatish bo’limi biologiya fani metodisti Hamdamova Ra’no G’ayratovna va musiqa fani metodisti Turayeva Dilso’z Ixtiyorovna tomonidan malaka oshirish kursi texnologiya fani tinglovchilari uchun metodist soati tashkil etildi.
Dars davomida STEAM ta’lim texnologiyasi ,oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini (kreativ fikrlash, jamoada ishlash, tanqidiy fikrlash, muammoni yechish va qaror qabul qilish, tadqiqotchilik koʻnikmalari, kommunikativ koʻnikmalari) rivojlantirishga oid mavzularda mahorat darslari tashkil etildi. Shuningdek, mahorat darslari davomida pedagoglarga o’quv jarayonini qiziqarli tashkil etish bo’yicha bir qator metodlar, enerjayzerlar o’rgatildi.Jumladan «Ta’lim krediti», «Muzqaymoq» ,»»Biz bir jamoamiz» kabi yangi metodlar tinglovchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.