Navoiy viloyati pedagogila markazi Metodik xizmat ko‘rsatish rahbari D.Tuxfatullina va barcha fan metodistlari Navbahor va Konimex tumanlaridagi pedagoglar ishtirokida “Yangi rejalar amalda” mavzusida o‘quv-seminarida taqdimotlari bilan faol ishtirok etishdi.
Seminarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 2024-2025-o‘quv yili tayanch o‘quv rejasiga kiritilgan o‘zgartirishlar, yuqori sinf o‘quvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga ko‘ra fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish hamda zamonaviy kasblarni o‘rgatish hamda tanlov hamda biznes va kasb-hunar yo‘nalishlari fanlarining o‘qitilish jarayoni muhokama etildi.
Mavzular yuzasidan taqdimotlar qilindi.