Navoiy viloyat pedagogika markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining tabiiy fanlar, amaliy fanlar va ijtimoiy fanlar metodistlari tomonidan Qiziltepa tumanining chekka hududida joylashgan 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagoglari uchun Metodik tur tashkil etildi.
Metodik tur davomida:👇
🔹 Har bir fan metodistlari tomonidan darslar tahlil qilindi;
🔹 Metodbirlashmalar faoliyati o’rganildi;
🔹 O’qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Seminar davomida o’qituvchilarga:
– Normativ-huquqiy hujjatlar;
– O‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish;
– Darslarni samarali tashkil etishda»Doiradan
tashqarida»,»Soat millari»,»Ta’lim krediti»,»Sehrli qarsak»»Yacheyka metod»laridan foydalanish;
– PISA xalqaro baholash dasturining mazmun-mohiyati, uning talablari bilan tanishtirildi, shuningdek, metodistlar tomonidan 2025-yilda kutilayotgan PISA sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi.