DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Yangi rejalar amalda

Navoiy shahridagi 16-maktabda “Yangi rejalar amalda” mavzusida hududiy o‘quv-seminari o‘tkazildi. Unda Navoiy viloyati Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi rahbari D.Tuxfatullina va metodistlar taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

Seminar davomida quyidagi mavzularda ma’ruzalar qilindi:

– Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 2024-2025-o‘quv yili tayanch o‘quv rejasiga kiritilgan o‘zgartirishlar;

– Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari yuqori sinf o‘quvchilarining qiziqishi va qobiliyatiga ko‘ra fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish hamda zamonaviy kasblarni o‘rgatish to‘g‘risida;

– Tanlov hamda biznes va kasb-hunar yo‘nalishlari fanlarining o‘qitilish jarayoni muhokama etildi.