DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Mahorat darsi

Navoiy viloyati pedagogika markazi Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) M.Suvanova hamda Navoiy shahar 11-AFCHO‘IM ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi K.Rajabova hamkorligida «Ona tili fanini «4K» yondashuvi asosida o‘qitishda «Small study» metodidan foydalanish» mavzusida, mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsi davomida 4K ko‘nikmalari asosida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, «Aql charxi» hamda «Yakka tartibdagi ish» metodlaridan foydalanildi. Dars davomida o‘quvchilarni baholash usullari, dars jarayonida interaktiv ta’lim modellaridan foydalanish va uning mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.