DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Mahorat darsi

Navoiy viloyati pedagogika markazi Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) M.Suvanova tomonidan Ona tili va adabiyot fani kursi ishtirokchilari uchun «Loyiha» tushunchasi va «Loyiha ta’limi»ning mazmun-mohiyati» mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsi davomida 4K ko‘nikmalari asosida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, «Men jurnalistman» hamda «Loyihalashtirish» metodlaridan foydalanildi. Dars davomida o‘quvchilar bilan loyiha ishini qanday amalga oshirish kerakligi va uning mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.