DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Respublika amaliy fanlar festivali

Respublika ta’lim markazi tomonidan 2024-yil 27-aprel kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 339-sonli umumta‘lim maktabida “Respublika “Amaliy fanlar” festivali” va “Amaliy fanlar: amaliy faoliyatni innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirish” mavzusidagi amaliy-o‘quv seminari o‘tkazildi.

Unda Navoiy viloyati Pedagogika markazi Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi metodistlari: Amaliy fanlar yo’nalishi jismoniy tarbiya va CHQBT metodisti Otaqulov Sevdiyor, texnologiya fani metodisti Normatov To’lqin,tasviriy san’at va chizmachilik fani metodisti Ilyasova Umida va musiqa fani metodisti To’rayeva Dilso’z faol ishtirok etib, Respublika ta’lim markazi tomonidan Sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Bunday festivallar endi viloyatlarda davom etadi.