DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

“Milliy ta’lim yaratilishida innovatsion yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 18-yanvardagi 16-sonli buyrug‘i 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2024-yilda o‘tkaziladigan xalqaro miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi”ga shuningdek, Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi yillik ish rejasiga asosan 2024-yil 26-aprel kuni “Milliy ta’lim yaratilishida innovatsion yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.