DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Hamkorlik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq taʼlimi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish bo`yicha Xatirchi tumanidagi 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchilar bilan Navoiy viloyati pedagogika markazi direktori, professor F.Roʻziqulov rahbarligida seminar-trening tashkil etildi.

Trening davomida sifatli taʼlim samaradorligini taʼminlash hamda oʻqituvchilarning malakasini oshirish xususida fikrlar almashildi. Hamkorlik davomida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan rejalar bayon qilindi.