DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

XXI asr koʻnikmalari

Bugun Navoiy viloyati pedagogika markazi ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi dotsenti Dilfuza Karimova tomonidan Tarbiya fani kursi ishtirokchilari bilan «4K moduli va uning tamoyillari» mavzusida ochiq dars mashgʻulotlari tashkil etildi.

Dars davomida oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini (kreativ fikrlash, jamoada ishlash, tanqidiy fikrlash, muammoni yechish va qaror qabul qilish, tadqiqotchilik koʻnikmalari, kommunikativ koʻnikmalari) rivojlantirishga oid fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, ochiq dars davomida pedagoglarga o’quv jarayonini qiziqarli tashkil etish bo’yicha bir qator metodlar o’rgatildi.