DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Metodik tur

Navoiy viloyati pedagogika markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi hamda Xatirchi MMTB bilan hamkorlikda Xatirchi tumanidagi 33 – umumiy o’rta ta’lim maktabida  metodik tur doirasida o’quv -amaliy seminari tashkil etildi.

Tashrif davomida seminar ishtrokchilari PISA xalqaro baholash dasturining mazmun-mohiyati, uning talablari bilan tanishtirildi, shuningdek, metodistlar tomonidan 2025-yilda kutilayotgan PISA sinovlariga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha tavsiyalar berib o’tildi.

Pedagog o‘qituvchilar tomonidan o`tilgan darslar tahlil qilinib, darslar davomida o’quvchilarda XXI asr ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha bir qator yangi metodlar namoyish etildi.