DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Mahorat darsi

Kimyo fanini o’qitish jarayonini sifatli tarzda tashkil qilinishi kimyo fani o’qituvchilarining izlanuvchanligi, zamonaviy yondashuvlardan xabardorligi va nazariy materiallarni amaliyot bilan bog’lab o’qitilishiga bog’liq bo’ladi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 4-aprel kuni Navoiy viloyati pedagogika markazi Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi dotsenti X.Xasanova tomonidan Kimyo fani kursi ishtirokchilari uchun «Turmushda ishlatiladigan moddalardan Steam amaliy mashg’ulotlari bajarish» mavzusida mahorat darsi tashkil qilindi.

Darsda «Apteka vodorod peroksididan kislorod olish», «Sirka kislotadan ko’pik», «Atsetonda penoplastning eritilishi» mavzularida bir nechta qiziqarli tajribalar bajarildi.