DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Bo‘lajak pedagoglar uchun mahorat darslari tashkil etildi

Navoiy viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi Metodik xizmat ko’rsatish bo’limining bir guruh metodistlari tomonidan Oliy ta’lim muassasalari bilan Metodik xizmat ko’rsatish bo’limining ta’lim sohasidagi hamkorligini yanada rivojlantirish maqsadida Profi University Navoiy filialida «Boshlang’ich ta’lim» va «Maktabgacha ta’lim» yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarga metodik xizmat ko’rsatish bo’limi boshlig’i D.T.Tuxfatullina, o’zbek tili fani metodisti D.I.Hakimova hamda tarix fani metodisti O.L.Usmanovlar tomonidan oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini (kreativ fikrlash, jamoada ishlash, tanqidiy fikrlash, muammoni yechish va qaror qabul qilish, tadqiqotchilik koʻnikmalari, kommunikativ koʻnikmalari) rivojlantirishga oid mavzularda mahorat darslarini tashkil etildi. Shuningdek, mahorat darslari davomida talabalarga o’quv jarayonini qiziqarli tashkil etish bo’yicha bir qator metodlar o’rgatildi.