DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Metodik marafon

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan joriy yilning 25-27-mart kunlari Pedagoglarni kasbiy rivojlanishiga koʻmaklashish va metodik qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazilayotgan Metodik marafon davom etmoqda.

Bugun unda Navoiy viloyati pedagogika markazi Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi rahbari Dilyara Tuxfatullina, Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi metodistlari, pedagogika markazi Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi kursi ishtirokchilari hamda yoʻnalishlar boʻyicha tumanlardan kelgan 120ga yaqin trener oʻqituvchilar faol ishtirok etishdi.

Unda oʻquv-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik yondashuv hamda xalqaro baholash dasturlarining navbatdagi bosqichiga samarali tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilgan mazkur marafonda ilg‘or tajribaga ega professor-o’qituvchilar va ilg‘or o‘qituvchilarning tajriba almashinuviga erishish ko‘zda tutilgan.