DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Hamkorlik

Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi va Profi University Navoiy filiali oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.

Markaz direktori Roʻziqulov Faxriddin Rasulovich va Universitet rektori Filippov Olgerd Aleksandrovich tomonidan bir qancha istiqbolli rejalar kelishildi.

Unda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik olib borilishi koʻzda tutilgan.

Umumiy manfaatga doir masalalar yuzasidan maʼlumotlar, tajriba va amaliyot almashish

Oʻquv jarayoniga ilgʻor texnologiyalar, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etishda tajriba almashishga koʻmaklashish

Oʻqitishning zamonaviy shakllari va metodlarini, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini taʼlim jarayoniga keng koʻlamda joriy etish

Sohadagi eng soʻnggi nazariy bilim va oʻzgarishlarni oʻrtoqlashish maqsadida seminar-treninglar va uchrashuvlar tashkil etish.