DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Jarayon

Joriy yilning 18-mart kuni Profi universitetining faollar zalida “Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining o‘quv-metodik kengashi maqsadi va asosiy vazifalari” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘quv-metodik kengashi a’zolari, ta’lim sohasiga mas’ul mutasaddi rahbarlar hamda pedagoglar ishtirok etdi.

Seminarni Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi direktori, psixologiya fanlari doktori, professor F. Ro‘ziqulov ochib berdi.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Hayitova “O‘quv-metodik kengashlar faoliyatini tashkil etish hamda ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yishda kengash a’zolarining shaxsiy mas’uliyati” to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, “Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi o‘quv-metodik kengashi va apellyatsiya komissiyalari tarkibini tasdiqlash”, “O‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish tartibi” kabi mavzularda ham ma’ruzalar qilindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar fanlar yo‘nalishi bo‘yicha sho‘balarga bo‘linib, mavzu doirasida taklif va mulohazalarini jamladilar.