Joriy yilning 18-mart kuni Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi hamda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamkorligida Profi universitetining faollar zalida “Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining o‘quv-metodik kengashi maqsadi va asosiy vazifalari” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘quv-metodik kengashi a’zolari, ta’lim sohasiga mas’ul mutasaddi rahbarlar hamda pedagoglar ishtirok etdi.
Seminarni Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi direktori, pedagogika fanlari doktori, professor F. Ro‘ziqulov ochib berdi.