DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Oʻquv seminar

Navoiy viloyati pedagogika markazida «Zamonaviy pedagog imidji va pedagogning ijodkorligi» mavzusida oʻquv-seminari tashkil etildi.
Seminarda markaz direktori, professor F.Ro`ziqulov, Pedagogika-psixologiya va taʼlim texnologiyalari kafedrasi mudiri, professor D.Safarov va Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent K.Astanakulov tomonidan ma`ruzalar qilindi.

Unda pedagog imidji qanday bo`lishi va dars jarayonlarida pedagogning ijodkorligi qanchalik ahamiyatga ega ekanligi haqida fikr yuritildi. Ma`ruzalar davomida professor-o`qituvchilar mavzu yuzasidan o`z fikr-mulohazalarini bildirdilar.