DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Bayram tabrigi

Assalom aleykum hurmatli va qadrli opa-singillar!

Barchamizga maʼlumki Ollohning eng buyuk moʻjizasi bu – Ayol. Uning shaʼniga betakror, samimiy tilaklar bitiladigan qutlugʻ bayramda mehridaryo va duogoʻy onaxonlarimiz, qadrli opa-singillarimizni baxt va bahor elchisi, goʻzallik va nafosat ayyomi bilan chin dildan muborakbod etaman.

Barchangizni bayram bilan samimiy qutlab, oilangiz baxt-u saodat va farovonlikka, jism-u joningiz, yaqinlaringizning mehr-u muhabbatiga, mehnat faoliyatingiz ulkan yutuqlar va eʼtiroflarga boy boʻlishini tilayman.

Faxriddin Roʻziqulov
Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi direktori