DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Muqaddas ayol!!!

Yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni saqlash, jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini yanada yaxshilashda ayollarning o‘rni beqiyosdir.

Navoiy viloyati pedagogika markazida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni bayram munosabati bilan tabriklash maqsadida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Pedagogika markazi direktori, professor F.Roʻziqulov, oʻquv va metodik ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari A.Pulotov hamda kafedra mudirlari ayollarni tabriklab, ularning mehnatini, faoliyatlarini eʼtirof etishdi.

Ishchi-xodimlar tomonidan aytilgan she’r va tabriklar bayramga o‘zgacha fayz va shukuh baxsh etdi. Barcha xotin-qizlarga bayram sovg‘alari topshirildi.