Mushtipar ham oʻzing, buyuk ham oʻzing,
Kuyunchak ham oʻzing, kuyuk ham oʻzing.
Olamga tatirlik suyuk ham oʻzing,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, Oʻzbek onasi, Oʻzbek onasi
Abdulla Oripov
Bugun Navoiy viloyati pedagogika markazi Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi S.Azizova hamda ona tili va adabiyot kursi ishtirokchilari tomonidan 8-mart Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan «Oʻzbek onasi» nomli davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida ishtirokchilar tomonidan onalarni madh etuvchi kuy va qoʻshiqlar kuylandi.