DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Inklyuziv taʼlimni tashkil etishda zamonaviy strategiyalar

Bugun Navoiy viloyati pedagogika markazi Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchi X.Qurbonova tomonidan Kimyo fani kursi ishtirokchilari uchun «Inklyuziv taʼlimni tashkil etishda zamonaviy strategiyalar» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Unda inklyuziv taʼlim boʻyicha xalqaro va milliy normativ-huquqiy hujjatlar, ularning mazmun va mohiyati, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun maktablarda tashkil etilgan korreksion sinflar haqida maʼlumot berildi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.