DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Ilmli ayol – taʼlim taraqqiyotining poydevori

Samarqand viloyati hokimligi xotin-qizlar qoʻmitasi va Samarqand viloyati pedagogika markazi hamkorligida «Ilmli ayol – jamiyat koʻzgusi» shiori ostida Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tashkil etilgan «Ilmli ayol – taʼlim taraqqiyotining poydevori» mavzusidagi respublika forumida Navoiy viloyati pedagogika markazi Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Mavjuda Suvanova hamda Ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi Umida Ilyasovalar ham faol ishtirok etishdi.