DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Xatirchi tumani maktablarifa faoliyat olib borayotgan O’IBDO’ va metodbirlshma rahbarlari uchun seminar trening

Joriy yilning 23- fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi Vazirining O’qituvchilarning ilg’or tajribasi va faoliyati davomida qo’llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini takomillashtirish to’g’risidagi 2024-yil 7-fevraldagi 32-sonli buyrugʻining mazmun mohiyati Navoiy viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi tomonidan Xatirchi tumanida tashkil qilingan oʻquv seminarida tushuntirildi.

Jumladan metodik xizmat ko’rsatish bo’limi metodistlari Xakimova Dilorom Ikromovna , Merzayeva Xamida Joʻraqulovna , Niyozova Gulhayo Erkinovnalar Xatirchi tumanida maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 32 – sonli buyrugʻi bo’yicha maktablardagi o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlariga seminar – treninglar tashkil etdilar. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlariga mavzu yuzasidan savollariga javob berilib, ommalashtirish bo’yicha tavsiyalar berildi.