DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!

2024 yilning 23 fevral kuni Navoiy viloyati pedegoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazining metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i D.Tuxfatullina va Jismoniy tarbiya va CHQBT fanlari metodisti S.Otaqulovlar tomonidan  Navbahor tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabida oʼquvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi uning xalqi va Prezidentiga sadoqat, yuksak vatanparvarlik fazilatlarini shakillantirish, yoshlarni qalbiga Vatanni himoya qilish har bir fuqaroning muqaddas burchi, yurt uchun fidoyi bo‘lish lozimligini chuqur singdirish, yoshlarga Vatanimizning mustaqilligini, xalqimiz tinch va osuda hayotini himoyalashda milliy armiyamizning o‘rni va ahamiyatini, jangovar salohiyatini keng tushuntirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 martdagi PQ-150 sonli Qarori ijrosini taminlash maqsadida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining CHQBT rahbarlari hamda  «Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati aʼzolari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida CHQBT fanini o‘qitilishini tashkillashtirish va o‘tkazish, Yo‘l harakati qoidalari yosh tafg‘botchisi klubini tashkil etish mavzusida ochiq darslar hamda ChQBT rahbarlari ortasida Mohir mergan, AK-74 o‘quv qurolini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Tadbirda Tuman faxriylar kengashi, IIB xodimlari, Afgon urushi ishtirokchilari va boshqa faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.