DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Tashrif

2024-yil 25-fevrada yurtimizga tashrif buyurgan Qozog’itonning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Atamkulov Beybit Bagirovich boshchiligidagi mehmonlar Nurota tumanida joylashgan qozoq millatining ulug’ biyi Ayteke bobo ziyoratgohi va Konimex tumani MMTBga qarashli 14-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Viloyat va tuman hokimliklari mas’ullari, viloyat va tuman qozoq milliy madaniy markazi rahbariyati va faollari, maktab jamoasi va ovul oqsoqollari bilan do’stlik, birodarlik haqida do’stona suhbat qurildi va mehmonlar markaz va maktab jamoasiga qozoq adabiyoti namoyondalari ijodidan badiiy kitoblarni sov’ga sifatida taqdim etdi.

Unda Navoiy viloyati pedagogika markazi Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi dotsenti v.b Perdegul Djurayeva ham faol ishtirok etdi.