DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Oʻzbekiston – umumiy uyimiz

Bugun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining qozoq adabiyoti aʼzolari hamda Navoiy viloyat boʻlimi, Navoiy viloyat hokimligi Oʻzbekiston qozoq milliy madaniy markazi Navoiy viloyati boʻlinmasi bilan hamkorlikda Tomdi tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabida «Milliy urf-odatlar» mavzusida viloyat seminari va Tomdi tumani Madaniyat va maʼrifat maskanida maktablar kesimida «Yosh iqtidorlilar» tanlovi tashkil etildi.

Unda Navoiy viloyati pedagogika markazi Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi dotsenti v.b Perdegul Djurayeva ham faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Qozoq milliy urf-odatlari, badiiy adabiyotiga oid sahna koʻrinishlari-yu kuy-qoʻshiqlaridan bahramand boʻlishdi.