DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

O’quvchilarda zamonaviy ko’nikmalarni shakllantirish yo’llari

Navoiy viloyati PYMO’MM Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi tarix fan metodisti O.L.Usmonov, huquq fani metodisti Sh.Ibragimov, musiqa fani metodisti D.Turayeva va geografiya va tabiiy fan metodisti I. Xamrayevlar  tomonidan 2024-yil 22 – fevral kuni tinglovchilarga «Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va metodik xizmat ko’rsatishning ahamiyati» mavzusida metodik soatlari olib borildi.

Guruhlar tinglovchilariga ayni damda mamlakatimiz ta’lim sohasida ro’y berayotgan yangiliklar, ularning mohiyati va ahamiyati haqida markaz metodistlari atroflicha tushuncha berdilar.  Dars davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining «Oqituvchilarning ilg’or tajribasi va faoliyati davomida qo’llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini takomillashtirish to’grisida» 2024-yil 7-fevraldagi 32-sonli buyrug’i asosidagi Nizomning mazmun mohiyati tinglovchilarga batafsil tushuntirildi.

   Ommalashtirish tartibi asosida tayyorlangan namunaviy qo’llanmalar taqdimoti ham tinglovchilar uchun maqsadga muvofiq bo’ldi. Seminar-trening davomida taqdim qilingan buyruq bo’yicha qiziqtirgan savollarga javob berildi.