DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Turkiston jadidchilik harakatining yirik namoyondalari

Bugun Navoiy viloyati pedagogika markazi ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy fanlar metodikasi kafedrasi dotsenti Dilfuza Karimova tomonidan Tarbiya fani kursi ishtirokchilari bilan «Turkiston jadidchilik harakatining yirik namoyondalari» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Unda ishtirokchilar tomonidan Turkiston oʻlkasida jadidchilik harakatining asoschilari haqida maʼlumot berilib, ularning asarlari va taʼlim va tarbiya yoʻlida olib borgan ishlari haqida fikr bildirildi. Ishtirokchilar tomonidan muhtaram Prezidentimizning: «Barchamizga ayonki, “Tilda, fikrda, ishda birlik” degan ezgu g‘oya bilan maydonga chiqqan jadid bobolarimiz xalqlarimizni jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, ularni g‘aflat botqog‘idan qutqarishning asosiy yo‘li – bilim va ma’rifatda, dunyoviy taraqqiyotni egallashda, deb bildilar», – ushbu fikrlari alohida taʼkidlandi.