DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Hokim kubogi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Sogʻlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 17-fevral kuni Karmana tumanida sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari boʻyicha «Hokim kubogi» musobaqalariga start berildi.

Dastlab ishtirokchilar Karmana tumani Madaniyat markazi binosining oldida «Sogʻlik uchun 5000 qadam» yurish marafonida qatnashishdi. Musobaqaning voleybol turi boʻyicha Navoiy viloyati pedagogika markazi xotin-qizlar jamoasi faxrli 2-oʻrinni egalladilar.