DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

O‘quv-amaliy seminar

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, Navoiy viloyati pedagogika markazi va Profi universiteti Navoiy filiali hamkorligida viloyat pedagog xodimlari uchun «Pedagog kadrlarni attestasiyadan oʻtkazish tartibi hamda kasbiy mahoratini oshirish» mavzusida oʻquv-amaliy seminari tashkil etildi.

Unda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar berilib, Navoiy viloyati pedagogika markazi professor-oʻqituvchilari dotsent K.Astanakulov, professor D.Safarov hamda dotsent E.Doʻsanovlar tomonidan amaliy mashgʻulotlar, kasbiy mahoratni oshirishga doir master klasslar va amaliy testlar tashkil etildi.