DIQQAT! SAYT TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA!

Navoiy viloyati pedagogika markazi direktori, professor F.Roʻziqulov tomonidan Umumiy oʻrta taʼlim maktabi o`quv ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari kursi ishtirokchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 5-yanvardagi “Umumta’lim muassasalarida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada takomillashtirish to‘g’risida” gi 8-sonli va 2024-yil 7-fevralda “O‘qituvchilarni ilg’or ish tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g’risida”gi 32-sonli buyruqlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida yig`ilish o`tkazildi.

Yigʼilishda umumta’lim muassasalarida uzluksiz metodik xizmat koʻrsatish ishlarini tashkil etish va o`qituvchilarni ilg’or ish tajribasi va faoliyati davomida zamonaviy metodikalarni ommalashtirish tartibini joriy etish toʻgʻrisida qabul qilingan huquqiy-meyoriy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirildi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. (http://t.me/navmohm)