Bugun Navoiy viloyati pedagogika markazi Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi X.Qurbonova hamda Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilari kursi ishtirokchilari tomonidan oʻzbek mumtoz adabiyotning ikki yirik vakili va davlat arbobi Alisher Navoiy va Bobur tavalludi munosabati bilan «Buyuk siymolarni yod etib» mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda buyuk siymolarimizning hayoti haqidagi sahna koʻrinishlari namoyish etilib, ijodidan goʻzal kuy va qoʻshiqlar ijro etildi. Kecha mehmonlariga oʻzgacha xush kayfiyat ulashildi.